Muallif: Sharipov, Baxodir Faxriddinovich
Annotatsiya: Ushbu maqola Vetnamdagi siyosiy tartib shakllanishiga Xitoy omili qanchalik va qay darajada ta’sir ko‘rsatganini tahlil qiladi. Xususan, Vetnam boshqaruv tizimi Xitoydagi siyosiy tashkil etilish va boshqaruv modeliga qanchalik yaqinlashgani yoki undan qanchalik uzoqlashgani masalasi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Vietnam va Xitoy boshqaruv tuzilmalaridagi o‘xshashliklar ko‘proq bevosita ta’sir natijasi emas, balki tarixiy jarayonlarda yuzaga kelgan o‘xshash sharoitlar va vazifalarning mahsulidir.Har ikkala mamlakat ham avvalo milliy-ozodlik kurashlari, so‘ngra kommunistik tuzumni o‘rnatish va institutsional mustahkamlash jarayonida o‘xshash muammolar, sharoitlar va maqsadlar bilan yuzlashgan. Aynan shu omillar siyosiy institutlar, boshqaruv mexanizmlari va amaliyotlarda qisman yaqinlashuvni keltirib chiqargan. Biroq bu yaqinlashuv to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqlid yoki tashqi bosim natijasi emas, balki analog rivojlanish yo‘lining oqibatidir.
Kalit so'zlar: “Raqamli Ipak yo‘li”, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi, Xitoy Xalq Respublikasi, Vyetnam Sotsialistik Respublikasi, Amerika Qo’shma Shtatlari, ehtiromli ehtiyotkorlik, Le sulolasi, Asia-Pacific Economic Cooperation, harbiy qarshilik va diplomatik ehtirom .
Jurnaldagi sahifalar: 365 - 371