Muallif: Badalbayev, Dilshod Farxod o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada xitoy tilidagi “拿ná + ot + fe’l” konstruktsiyasi va uning asosiy uch shakli — “拿___没办法” (ná___méibànfǎ), “拿___来说” (ná___láishuō), “拿___开心” (ná____kāixīn) — semantik va strukturaviy jihatdan tahlil etilgan. Struktur tahlil konstruksiyaning har bir komponentining sintaktik funksiyasini ochib berishga qaratilgan. Semantik tahlil esa ularning ma’no yuklamasi va kontekstda qanday kommunikativ vazifani bajarishini yoritadi. Konstruksiyalarning nutqdagi ekspressivlik darajasi, ohangni kuchaytiruvchi birliklar bilan uyg‘unligi hamda kinoya, norozilik, misol keltirish kabi pragmatik vazifalari atroflicha o‘rganilgan. Maqola xitoy tilidagi konstruktsiyalarni o‘zbek tilida tahlil qilishga intilgan ilmiy ishlardan biri bo‘lib, struktur tahlil metodologiyasining amaliy imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Bu tadqiqot xitoy tilini chuqur o‘rganayotgan tilshunoslar, tarjimonlar va talabalarga qo‘l keladi.
Kalit so'zlar: struktur tahlil, konstruktsiya grammatikasi, 拿 konstruktsiyasi, semantik funksiyalar, xitoy tili, pragmatika, turg‘un birikma, 拿开心, 拿来说, 拿没办法
Jurnaldagi sahifalar: 56 - 65