07.10.2026
14
XITOY SAYYOHLARINING MARKAZIY OSIYO TARIXIGA OID MA’LUMOTLARI (qadimgi va o‘rta asrlar)

Muallif: Xubbaliyeva, Maxpurat Xamzayevna

Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi tarixiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishida xitoy manbalarining o‘rni tahlil qilinadi. Qadimgi davrlardan boshlab Xitoy elchilari va sayyohlarining Markaziy Osiyoga qilgan safarlari, xususan Xan sulolasi davrida Chjan Chyanning g‘arbiy hududlarga yuborilishi ikki mintaqa o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga asos bo‘lgani yoritiladi. Shuningdek, “Shi ji”, “Han shu”, “Hou Han shu” kabi tarixiy manbalar hamda budda rohiblari Fa Syan va Shyuan Zangning sayohatnomalari tahlil qilinib, ularning Markaziy Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ochib beriladi. Maqolada ushbu manbalarning geografik, etnografik va madaniy ma’lumotlarni yetkazishdagi o‘rni hamda zamonaviy tadqiqotlar uchun manbashunoslik asos sifatidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, Xitoy, tarixiy manbalar, sayohatnomalar, Chjan Chyan, Fa Syan, Shyuan Zang, Du Huan, “Shi ji”, “Han shu”, “Hou Han shu”, Buyuk Ipak yo‘li, buddizm, madaniy aloqalar, diplomatik munosabatlar, manbashunoslik.

Jurnaldagi sahifalar: 132 - 138

Yuklab olish