Muallif: Abdulxayev, Abdurashid Nodir o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xitoy Xalq Respublikasi davlat boshqaruvi tizimining modernizatsiya jarayonlari tahlil qilingan bo‘lib, Xitoyda davlat boshqaruvi evolyutsiyasining asosiy bosqichlari, ayniqsa, islohotlar va ochiqlik siyosati davridan boshlab hozirgi kungacha bo‘lgan transformatsiya jarayonlari yoritilgan. Davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilishda institutsional islohotlar, raqamli boshqaruv mexanizmlari, shuningdek, partiya-davlat munosabatlarining o‘ziga xos jihatlari, globallashuv sharoitida Xitoy davlat boshqaruvi tizimining milliy xususiyatlarini saqlab qolish va uni zamonaviy talablarga moslashtirish masalalariga alohida eʻtibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: Xitoy Xalq Respublikasi, davlat boshqaruvi, modernizatsiya, institutsional islohotlar, partiya-davlat munosabatlari, boshqaruv samaradorligi, globallashuv, siyosiy transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 402 - 410