Muallif: Sa’dullayev, Shohjahon
Annotatsiya: Mazkur maqolada Xarappa madaniyatida mavjud bo‘lgan diniy e’tiqod tizimi va uning Hindiston yarimorolida keyinchalik shakllangan diniy an’analarga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida arxeologik topilmalar, qadimgi hind diniy manbalari, xususan Rigveda ma’lumotlari hamda tarixiy-qiyosiy yondashuv asosida Xarappa sivilizatsiyasining diniy qarashlari rekonstruksiya qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu sivilizatsiya e’tiqodida tabiat va hayvon kultlari, poklanish marosimlari, diniy ritualning soddaligi hamda tirik mavjudotlarga ehtiyotkor munosabat muhim o‘rin tutgan. Maqolada oriylarning Hindiston hududiga kirib kelishi natijasida vedik diniy tizimning shakllanishi, mahalliy diniy qatlamlar bilan o‘zaro ta’siri hamda brahmanizm, buddaviylik, jaynizm va hinduizmning tarixiy evolutsiyasi yoritilgan. Tadqiqot yakunida Hind dinlari evolutsiyasi bir diniy tizimning boshqasini to‘liq siqib chiqarishi emas, balki qadimgi mahalliy e’tiqodlar va vedik an’analarning uzoq davom etgan diniy-madaniy sintezi natijasi ekanligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Xarappa madaniyati, Hind sivilizatsiyasi, diniy e’tiqod, Rigveda, vedik din, brahmanizm, buddaviylik, jaynizm, hinduizm, diniy transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 290 - 301