Muallif: Shodmanova, Sanobar
Annotatsiya: Mazkur maqolada Usmoniylar imperiyasida matbuot tizimining shakllanishi, rivojlanishi va transformatsiyasi 1831–1923-yillar oralig‘ida tarixiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda dastlabki rasmiy va xususiy nashrlarning paydo bo‘lishi, Tanzimot islohotlari davrida matbuotning ijtimoiy vazifalari, Abdulhamid II davridagi senzura siyosati, Yosh turklar harakati bilan bog‘liq siyosiy matbuotning faollashuvi hamda matbuotning modernizatsiya, milliy ong, ayollar masalasi va jamoatchilik fikri shakllanishidagi o‘rni yoritiladi. Maqolada Usmoniylar matbuotining rasmiy axborot vositasidan siyosiy-ijtimoiy diskurs maydoniga aylanish jarayoni ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Usmoniylar imperiyasi, matbuot, davriy nashrlar, Tanzimot, Taqvim-i vaqoyi, Jeride-yi havodis, Terjüman-i ahvol, Tasvir-i Efkar, Abdulhamid II, senzura, Yosh turklar, modernizatsiya, jamoatchilik fikri, siyosiy diskurs, ayollar masalasi.
Jurnaldagi sahifalar: 4 - 15