07.10.2026
16
UCH QIROLLIK DAVRIDA SIYOSIY BOSHQARUV TIZIMI

Muallif: Nazarqulova, Nodira

Annotatsiya: Mazkur maqolada Uch podsholik davrida (Koguryo, Pekche va Silla) shakllangan siyosiy boshqaruv tizimi hamda ijtimoiy-iqtisodiy tuzilma tahlil qilinadi. Tadqiqotda har uchala davlatda aristokratik sulolalarning hukmron mavqei, markazlashgan boshqaruv tizimining shakllanishi va mansab-daraja tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Ayniqsa, Silladagi “suyak-daraja” (kolpum) tizimi, Pekchedagi rangli kiyimlarga asoslangan mansab tizimi hamda Koguryodagi ko‘p bosqichli lavozimlar iyerarxiyasi chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, kengashsimon boshqaruv institutlari – Hvabek, Chongsa-am va aristokratik kengashlarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada Uch podsholik davlatlarining ko‘p markazli tuzilmadan markazlashgan byurokratik tizimga o‘tish jarayoni ham ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: Uch podsholik, Koguryo, Pekche, Silla, siyosiy boshqaruv, aristokratiya, ijtimoiy iyerarxiya, suyak-daraja tizimi, kolpum, mansab darajalari, byurokratiya, markazlashuv, zodagonlar kengashi, Hvabek, Chongsa-am, davlat tuzilmasi, ma’muriy boshqaruv.

Jurnaldagi sahifalar: 122 - 131

Yuklab olish