08.10.2026
16
TURKIYADA HARBIY-SIYOSIY MEROS VA MILLIY DAVLAT SHAKLLANISHIDA ARMIYANING ROLI

Muallif: Fayzullayev, Adham Aktam o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiya milliy davlatining shakllanish jarayonida harbiy-siyosiy merosning tutgan o‘rni hamda armiyaning siyosiy institut sifatidagi transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Usmonli imperiyasi davridan boshlab armiyaning jamiyatni modernizatsiya qiluvchi elita sifatida shakllanishi, “harbiy vasiylik” (askerî vesayet) tizimining vujudga kelishi va uning mafkuraviy asoslari yoritilgan. Shuningdek, 1919-1923-yillardagi Milliy ozodlik kurashi davrida Anqara hukumatining tashkil topishi, Sevr shartnomasining turk milliy ongiga ta’siri hamda Mustafo Kamol rahbarligidagi harbiy-siyosiy islohotlarning zamonaviy turk davlatchiligi shakllanishidagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Kalit so'zlar: Harbiy-siyosiy meros, milliy ozodlik harakati, Sevr sindromi, modernizatsiya, milliy davlat.

Jurnaldagi sahifalar: 248 - 257

Yuklab olish