23.06.2025
53
TURKIY XALQLARNING DASTLABKI QARASHLARI VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI. TURK VA TURONIYLARNING KELIB CHIQIQSHLARI HAQIDA DASTLABKI MANBALARNING GUVOHLIGI

Muallif: Qodirov, Muhammadjon

Annotatsiya: Dehxudoning mashhur “Lug‘atnomaye Dehxudo” ensiklopediyasida keltirilishicha “Tur” so‘zi “Turon viloyati” ma’nosini ham bildiradi. Bunday ma’no “Burhon”, “Farhange Jahongiriy”, “Rashidiy”, “G‘iyosul lug‘at”, “Anjimane oro” va “Onandiroj” doiratul maoriflarida ham qayd etiladi. Viloyate Turon zamin mamlakat nomi sifatida takidlanib “Nozimul atbo” doiratul maorifida aytiladiki … bu viloyatni Faridun Turga berganligi uchun uning nomi “Turon” deb atala boshlandi va Turon Turkistondan boshqa bo‘lib, juda qadim zamonlardan beri ushbu viloyatni forsiylar Dahiston va Eronshahr deb atashar edi. Turga berilganligi sababli uni Turon deb deb atay boshladilar, yani Turning mulki. Turon janub tomondan Taxoriston va Chatrol tog‘i va shimol tomondan Xorazm shaharlari, Qipchoq dashti va janubiy g‘arbiy tomondan juffon daryosi (Kasbiy dengizi), Xuroson va Sharq tomondan Turkiston yerlari va Mo‘g‘uliston bilan o‘ralgan edi.

Kalit so'zlar: “Lug‘atnomaye Dehxudo”, “Tur” so‘zi, “Turon viloyati”, Burhon”, “Farhange Jahongiriy”, “Rashidiy”, “G‘iyosul lug‘at”, “Anjimane oro” va “Onandiroj” doiratul maoriflari

Jurnaldagi sahifalar: 252 - 260

Yuklab olish