23.06.2025
60
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DOIRASIDAGI MADANIY-MA’RIFIY HAMKORLIKDA “TURKIY ADABIYOT DURDONALARI”NING O‘RNI

Muallif: Tojiyev, Dostonjon Beknazar o‘g‘li; Davkarov, Ahrorjon Isoqovich

Annotatsiya: Bugungi kunda xalqaro maqomdagi tuzilmalar qatorida bo‘lgan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va turizm bo‘yicha qator sohalar rivojini ko‘rish mumkin. Bu shundan darak beradiki, o‘z vaqtida mintaqaviy tuzilma sifatida yaratilgan hamda bugun jahon hamjamiyati e’tiborida bo‘lib turgan tashkilotning tarixi ulkan, shu bilan birga, bugungi darajaga yetishi uchun qilingan juda katta mehnatlar besamar ketmagandir. Ushbu maqolada Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida amalga oshirilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar xususida so‘z yuritiladi. Maqolada asosiy e’tibor qaratilgan jihat 2022-yilda nashr qilingan 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” to‘plamining turkiy dunyo madaniy hamkorligidagi o‘rnini ko‘rsatib berishdir. Bu maqolada 100 jildlikda chop qilingan Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” kitobi haqida ham so‘z boradi va umumtarzda tahliliy axborotlar ham berilgan.

Kalit so'zlar: “Turkiy adabiyot durdonalari”, TURKSOY, “Oltin to‘plam”, Boku sammiti, Prezident Shavkat Mirziyoyev, Samarqand sammiti, tahrir hay’ati tarkibi.

Jurnaldagi sahifalar: 902 - 908

Yuklab olish