Muallif: Xabibullayeva, Fazilat Nuritdin qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ravish so‘z turkumining umumiy tilshunoslikdagi o‘rni, uning nazariy va amaliy talqinlari tahlil qilinadi. Ravishlarning morfologik va grammatik xususiyatlari, semantik guruhlari hamda sintaktik vazifalari o‘zbek, ingliz va xitoy tillari misolida qiyosiy tarzda ko‘rib chiqiladi. Turli olimlarning qarashlari, xususan, Aristotel davridan boshlab zamonaviy lingvistika vakillari — Jespersen, Bloomfield, Halliday hamda o‘zbek tilshunoslari G‘. Abdurahmonov, M. Asqarova, shuningdek, xitoy olimlari Lü Shuxiang, Zhou Youguang, Hashimoto va Hashimova tomonidan berilgan ta’riflar tahlil qilinadi. Qiyosiy tahlil orqali ravishlarning turli tillardagi umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Maqola natijalari til o‘rganuvchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: ravish, morfologiya, semantika, sintaksis, qiyosiy tilshunoslik, o‘zbek tili, ingliz tili, xitoy tili.
Jurnaldagi sahifalar: 815 - 823