08.10.2026
17
THE ROLE OF CONSTITUTIONAL TRANSFORMATIONS IN THE POLITICAL INSTITUTIONAL STRUGGLE IN THE ISLAMIC REPUBLIC OF PAKISTAN

Muallif: Mamatkulov, Sirojiddin Khusan ugli

Annotatsiya: Ushbu maqolada Pokiston Islom Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridagi siyosiy institutlararo kurash sharoitida “konstitutsiyaviy toʻntarishlar” fenomenining shakllanishi, oʻrni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlatchilikning tamal toshini qoʻyish davridagi fuqarolik hukumati, shakllanayotgan harbiy-byurokratik elita va sud tizimi oʻrtasidagi hokimiyat balansi oʻrganilgan. Shuningdek, Pokiston siyosiy tizimi evolyutsiyasida dastlabki davlat institutlarining zaifligi, taʼsis majlisi va ijroiya hokimiyat oʻrtasidagi ziddiyatlar hamda inqirozlarni hal qilishda konstitutsiyaviy normalarni manipulyatsiya qilish, xususan hukumat va parlamentni asossiz tarqatish amaliyotining ilk koʻrinishlarini ochib berilgan. Maqolada 1958-yilgi birinchi ochiq harbiy toʻntarishgacha boʻlgan davrdagi “parda orti” oʻyinlari va huquqiy qarorlarning mamlakat kelgusi siyosiy transformatsiyasiga koʻrsatgan poydevorlik taʼsiri ilmiy jihatdan baholangan.

Kalit so'zlar: Pokiston, siyosiy institutlar, konstitutsiyaviy toʻntarish, general-gubernator, sud hokimiyati, harbiy-byurokratik elita, siyosiy inqiroz, yumshoq to‘ntarish, siyosiy transformatsiya, G‘ulom Muhammad, Ta’sis Majlisi, A.K. Brohi, Muhammad Ali Bogra, byurokratiya, parlamentarizm, hokimiyat inqirozi.

Jurnaldagi sahifalar: 186 - 194

Yuklab olish