Muallif: Abduxalikova, Maftuna Mirali qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarining matnshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati tahlil qilinadi. Hikmatlarning til xususiyatlari, janr o‘ziga xosliklari va tarixiy manba sifatidagi roli yoritiladi. Shuningdek, qo‘lyozmalarning tahlili, turli nashrlardagi farqlar va hikmatlarning eski turkiy til taraqqiyotidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi. Asar turkiy tasavvuf adabiyotining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan bo‘lib, matnshunoslar tomonidan diniy-mistik terminlar, she’riy shakl va leksik-strukturaviy xususiyatlari bo‘yicha tadqiq qilinmoqda. Maqolada hikmatlarning qo‘lyozma va bosma nashrlari tahlil qilinib, ularning matnshunoslik fanidagi ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so'zlar: Ahmad Yassaviy, Hikmatlar, matnshunoslik, tasavvuf, qo‘lyozmalar, eski turkiy til, adabiy meros.
Jurnaldagi sahifalar: 708 - 711