Muallif: Abdumajidova, Muazzam; Ibrohimova, Naima; Khaydarova, Ra’no Anvarovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada ota-onalar o’rtasidagi gender munosabatlarining farzandlar psixologik transformatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Ota va ona o’rtasidagi munosabat shakllari, rollarning taqsimlanishi, hissiy muloqot va ustuvorlik ko’rinishlari bolaning aqliy, hissiy va ijtimoiy rivojlanishida o’z natijalarini aks ettiradi. Qator tadqiqotlar ota-onalarning gender borasidagi turlicha qarashlarining ijobiy va salbiy formalari va ularning uzoq muddatli psixologik oqibatlari haqida nazariy va amaliy isbotlarni keltiradilar. Natijada, psixologik va sotsiologik izlanishlarga tayangan holda qarshi jins vakillarining o’zaro hurmati asosiga qurilgan, muvozanatli va qo’llab-quvvatlash ruhiga ega muhit bolalarning ruhan sog’lom tarbiyalanishi va hissiy barqarorligi ta’minlanishining asosiy omili sifatida ta’kidlanadi.
Kalit so'zlar: oilaviy muhit, bola psixologiyasi, gender munosabatlari, psixologik transformatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 627 - 631