Muallif: G’aniyeva, Yulduz; Sulaymonov, Jasur
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosiy e'tibor ayollarning tasavvufiy ta'limotlarda va bhakti harakatida tutgan o'rni xususidagi dolzarb mavzuga qaratiladi. Mazkur harakatlarning yuzaga kelishi, o'ziga xos xususiyatlari, ayollarga bo'lgan munosabat qay ko'rinishda ekanligini, amallarni bajarishdagi ularga berilgan erkinliklar kabi masalalar o'rtaga tashlanib, muhokama qilinadi. Jamiyatda ularga bo'lgan qarashlar va munosabatlar borasida ham fikr va mulohazalar mavjud bo'lib bu aynan gender masalasining o'sha davrdagi ko'rinishi haqidagi tasavvurlarning to'liq bo'lishida muhim o'ringa ega bo'ladi.
Kalit so'zlar: tasavvuf, bhakti, ilohiy ishq, ruhiy kamolot, ayollar, tenglik, erkinlik
Jurnaldagi sahifalar: 646 - 651