Muallif: Turdaliev Obidjon, Sodiqjon o‘g‘li
Annotatsiya: Etnik guruhlar orasida ko‘plab irim-siraqlar mavjud bo‘lib, ular har qanday mamlakatda istiqomat qiluvchi xalqlarning madaniyati, tarixi va diniga borib taqaladi. Irim-siralar insonlarning atrof-muhit haqidagi dunyoqarashini aks ettiradi. Shuningdek, ular madaniy o‘ziga xoslik va ijtimoiy hayotning ifodasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki bir xil ramzlar qo‘llanilsa-da, ularning ma’nosi va ularga bo‘lgan munosabat madaniyatdan madaniyatga farq qiladi. Irim-siralar omadga bo‘lgan ishonchga yoki boshqa irratsional, g‘ayriilmiy va g‘ayritabiiy kuchlarga asoslangan har qanday e’tiqod yoki amaliyot bo‘lishiga qaramay, ular tarix, psixologiya, siyosatshunoslik, folklor va dinshunoslik kabi qator fan sohalarida o‘rganiladi. Zero, irim-siralar insonlarning kundalik hayoti, kundalik taassurotlari, e’tiqodlari va xulq-atvoridan kelib chiqadi.
Kalit so'zlar: irim-siralar, omadli raqamlar, omadsiz raqamlar, an’ana.
Jurnaldagi sahifalar: 180 - 184