15.06.2025
71
SOKRATNING FALSAFIY MEROSIDA ERKINLIK FENOMENIGA BERGAN URG‘USI

Muallif: Raximdjanova, Dilnavoz Sunnat qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimgi yunon falsafasining yirik vakili Sokratning erkinlik haqidagi qarashlari o‘rganiladi. Maqolada Sokratning erkinlikni nafaqat siyosiy va ijtimoiy mustaqillik sifatida, balki axloqiy va ma’naviy jihatdan qanday talqin etgani tahlil qilinadi. Sokratning fikricha, haqiqiy erkinlik insonning ichki erkinligi, ya’ni o‘zining ongli qarorlarini qabul qilish va axloqiy qadriyatlar asosida yashashda namoyon bo‘ladi. Uning erkinlik haqidagi tushunchalari, asosan, shaxsiy ong va axloqiy burchni ustun qo‘yish orqali jamiyatda barqarorlikka erishishni ta’minlaydi. Sokratning erkinlikni bilish va o‘zini o‘rganish jarayoni sifatida ko‘rsatgan yondashuvi, uning falsafiy diyaloglari orqali ham namoyon bo‘ladi. Bu maqolada Sokratning erkinlik haqidagi fikrlarini o‘rganish, uning qadriyatlar tizimiga va insonning jamiyatdagi o‘rniga bo‘lgan yondashuvini tushunishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: erkinlik, axloqiy erkinlik, bilish, ichki erkinlik, ma’naviy qadriyatlar, axloqiy burch, mustaqillik, shaxsiy erkinlik, tafakkur.

Jurnaldagi sahifalar: 529 - 536

Yuklab olish