04.12.2025
20
SIE BIN SINNING EMOTSIONAL DISKURSI: YUMSHOQLIK, SOKINLIK, ICHKI KUCH

Muallif: Toshbekova, Iroda Sobirjon qizi

Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asr boshidagi xitoy adabiyoti maydonida ayol adib sifatida Bin Sinning poetik uslubi tahlil qilinadi. Unda shoira ijodida yuzaga chiqqan emotsional diskurs – yumshoqlik, sokinlik va ichki kuchning badiiy ifodasi o‘rganilgan. Tadqiqotda feministik nazariyalar asosida Bin Sin poeziyasidagi ayollik sub’ektivligi, onalik obrazining poetik ramzi, sokinlik orqali introspektiv qarshilik va bardoshlilik motivlari yoritilgan. Maqola ayol yozuvchilar nutqining o‘ziga xos strategiyasi sifatida “yumshoqlik orqali qarshilik” fenomenini ko‘rsatib beradi hamda Bin Sin poetikasining estetik va ijtimoiy ahamiyatini ochib beradi.

Kalit so'zlar: Bin Sin poeziyasi, emotsional diskurs, ayollik ovozi, yumshoqlik, sokinlik, ichki kuch, bardoshlilik, feministik adabiyotshunoslik, onalik obrazi, introspektiv qarshilik.

Jurnaldagi sahifalar: 793 - 799

Yuklab olish