Muallif: Toʻrayev, Laziz Abdivali oʻgʻli
Annotatsiya: Sharq falsafasida axloqiy qadriyatlar — halollik, adolat, sabr-toqat, kamtarlik, ilmga intilish kabi fazilatlar inson kamolotining poydevori sifatida talqin etiladi. Bu qadriyatlar yoshlarning dunyoqarashini shakllantirib, ularni jamiyatning faol va masʼuliyatli aʼzosi boʻlib yetishishiga xizmat qiladi. Bu borada buyuk alloma Mahmud Zamaxshariyning ilmiy va axloqiy merosi alohida ahamiyat kasb etadi. U oʻz asarlarida ilm bilan bir qatorda axloqni ham inson kamolotining ajralmas qismi sifatida koʻrsatadi. Mahmud Zamaxshariyning hajm hihatdan katta asarlaridan biri boʻlgan “Rabiʼ al-abror” asari jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni qamrab olgan muhim ijtimoiy-falsafiy manba hisoblanadi. Shu jihatdan asar yolgʻiz oʻzi yaratilgan davrning, qolaversa, bugungi ijtimoiy masalalarni oʻz ichiga olganligi bilan bebaho ahamiyatga ega. Asarda ijtimoiy, axloqiy masalalar bilan bogʻliq iqtiboslar mavzu jihatdan keng qamrovli va turli-tuman. Insonning kamoloti uchun zarur boʻlgan fazilatlar toʻgʻrisidagi iqtiboslar asarning katta qismini tashkil qiladi. Mahmud Zamaxshariy keltirgan iqtiboslarda kishining rivojlanishi, inson boʻlib shakllanishi, kamolotiga yoʻnal¬tirilgan taʼlimiy-tarbiyaviy bogʻliqlikni koʻrish mumkin.
Kalit so'zlar: halollik, adolat, sabr-toqat, kamtarlik, ilmga intilish, Mahmud Zamaxshariy, “Rabiʼ al-abror” asari
Jurnaldagi sahifalar: 68 - 75