31.05.2026
31
SHARQ AXLOQIY QADRIYATLARINING ZAMONAVIY YOSHLAR TARBIYASIDAGI ROLI

Muallif: Saifnazarov, Ismoil

Annotatsiya: Sharq aholisi qadimdan axloqiy qadriyatlarni hayot mezoni sifatida qadrlab kelgan. Mazkur qadriyatlar sirtdan qaraganda ajdodlar merosi, ko‘hna urf-odat yoki qadimiy an’analar sifatida qabul qilinsa-da, zamonaviy yoshlar tarbiyasida ularning ahamiyati beqiyosdir. Sharq axloqiy qadriyatlari inson ongiga bolalikdan singdirilib, hayotda o‘z o‘rnini topish, chinakam inson bo‘lib shakllanish, kelajak uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, boshqalarga yordamchi va mehribon bo‘la olish kabi jihatlarni tarbiyalaydi. Ota-onaning bolasiga bo‘lgan mehr-muhabbati, otaliq va onalik burchini halol ado etishi, oilada kichik va kattalarga xos hurmat va ixlos, bir so‘z bilan aytganda, insoniyat jamiyati uchun ijobiy fazilatlarning barchasi Sharq axloqiy qadriyatlaridan ildiz oladi.

Kalit so'zlar: Sharq qadriyatlari, axloq, yoshlar tarbiyasi, oilaviy tarbiya, halollik, Vatanga sadoqat, do‘stlik, sadoqat, mehnatsevarlik, xalq og‘zaki ijodi, ma’naviyat, jamiyat, barkamol avlod, ta’lim va tarbiya.

Jurnaldagi sahifalar: 6 - 10

Yuklab olish