Muallif: Quchqorov, Ma’ruf Ali o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada Saudiya Arabistoni va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarda diniy-siyosiy omilning shakllanishi, rivojlanishi va zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda sunniylik va shialik o‘rtasidagi tarixiy tafovutning raqobatga aylanish jarayoni, Eron islom inqilobidan keyingi geosiyosiy transformatsiyalar hamda “Arab bahori” voqealaridan so‘ng Yaqin Sharq mintaqasida kuchaygan konfessional qarama-qarshiliklar o‘rganilgan. Shuningdek, Iroq, Suriya, Yaman, Bahrayn va Livandagi mojarolarda Saudiya Arabistoni hamda Eronning geosiyosiy manfaatlari diniy omil orqali qanday namoyon bo‘layotgani ochib berilgan. Tadqiqot davomida tarixiylik, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va geosiyosiy metodlardan foydalanildi. Natijada, Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi qarama-qarshilik faqat diniy emas, balki mintaqaviy yetakchilik, xavfsizlik va geostrategik manfaatlar uchun ham kurash ekani asoslab berildi.
Kalit so'zlar: Saudiya Arabistoni, Eron Islom Respublikasi, sunniylik, shialik, diniy-siyosiy omil, Yaqin Sharq, geosiyosat, “Arab bahori”, konfessional mojaro, islom omili, mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy islom, vahhobiylik, shia inqilobi, legitimitatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 419 - 425