Muallif: Obidov, Asliddin Shavkatovich
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqola Sharq falsafiy tafakkurida ruhiy kamolot konsepsiyasining o‘ziga xos jihatlarini Saididdin al-Fargʻoniy va Yusuf Xos Xojibning qarashlari asosida falsafiy-nazariy tahlil qilinadi. Tadqiqotda ruhiy kamolot tushunchasi ikki asosiy yo‘nalishda — tasavvufiy-maʼrifiy (al-Fargʻoniy) va axloqiy-siyosiy (Yusuf Xos Xojib) nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, al-Fargʻoniy ruhiy kamolotni metafizik birlik – “vahdat al-vujud” kontsepsiyasi orqali talqin qilsa, Yusuf Xos Xojib bu jarayonni ijtimoiy masʼuliyat, adolat, aql va donolik orqali amalga oshadigan insoniy barkamollik sifatida izohlaydi. Ularning qarashlari hozirgi kunda shaxs tarbiyasi, axloqiy yetuklik va ijtimoiy uyg‘unlikni ta’minlashda katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi isbotlanadi. Ushbu maqola Sharq falsafiy merosidagi maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarning zamonaviy jamiyat kontekstida qayta talqin etilishiga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: Saididdin al-Fargʻoniy, Yusuf Xos Xojib, ruhiy kamolot, tasavvuf, axloq, Sharq falsafasi, vahdat al-vujud, ma’naviy tarbiya.
Jurnaldagi sahifalar: 514 - 521