Muallif: Nuridinov, Javohir Izomovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada hind mutafakkiri va Nobel mukofoti sovrindori Robindranat Tagorning ijtimoiy-falsafiy qarashlari tahlil qilinadi. Maqolada uning insonparvarlik, erkinlik, ta’lim, diniy va dunyoviy qarashlari, millatchilik va madaniyatlararo muloqot haqidagi g‘oyalari o‘rganilgan. Shuningdek, Tagorning jamiyat taraqqiyotiga doir qarashlari, uning Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi haqidagi fikrlari hamda ma’naviy kamolot masalasiga bo‘lgan yondashuvi yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Tagor insonning ma’naviy erkinligi va ma’rifatini jamiyat rivojlanishining asosiy omili deb hisoblagan. Uning falsafasi bugungi globallashuv davrida ham dolzarb ahamiyatga ega ekani aniqlangan.
Kalit so'zlar: Robindranat Tagor, falsafa, insonparvarlik, ma’rifat, erkinlik, millatchilik, jamiyat, ta’lim, Sharq va G‘arb, madaniyat.
Jurnaldagi sahifalar: 404 - 408