Muallif: Po‘latova, Dildor Akmalovna
Annotatsiya: IX-XII asrlar bashariyat tarixiga Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharqda ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning “oltin davri” deb kirgan. Bu davrda yashab ijod etgan Markaziy Osiyolik Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Foro¬biy, Abu Abdulloh Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy kabi buyuk ensiklopedik olim¬lar va mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ma’naviy merosi¬ jahon ilm-fani, madaniyati va sivilizatsiyasining keyingi taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. O‘rta asr Sharq Renessansining buyuk namoyandasi Yusuf Xos Xojib adolatli jamiyat, insonning baxt-saodatga erishishida ta’lim va tarbiyaning uzviyligi haqidagi ta’limotlari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Mazkur maqolada Yusuf Xos Xojibning mashhur “Qutadg‘u bilig” asari va undagi axloqiy qadriyatlar tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: O‘rta asr Sharq Renessansi, Yusuf Xos Xojib, “Qutadg‘u bilig”, axloqiy qadriyatlar, Yusuf Xos Xojibning axloq falsafasi.
Jurnaldagi sahifalar: 56 - 60