15.06.2025
66
QORAXONIYLAR DAVRIDA TA’LIM: YUSUF XOS HOJIB VA MAHMUD QOSHG‘ARIY FAOLIYATI

Muallif: Ulashova, S.U.; Ochilova, D.J.

Annotatsiya: Mazkur maqolada Qoraxoniylar davrida ilm-fan rivoji, ayniqsa Yusuf Xos Hojib va Mahmud Qoshg‘ariyning ilmiy-adabiy faoliyati o‘rganiladi. Ularning asarlari o‘z zamonasining siyosiy-falsafiy va madaniy-ma’rifiy hayotini aks ettirgan noyob manbalar sifatida taqqosiy tahlil qilinadi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari orqali davlat boshqaruvi, siyosiy-axloqiy qadriyatlar va ilmiy tafakkur yuksalishi aks ettirilgan bo‘lsa, Mahmud Qoshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarida turkiy tillarning tizimli tadqiqi va etnografik ma’lumotlarni ilmiy asosda yoritgan. Shuningdek, maqolada ularning ilmiy merosining o‘zaro taqqosiy tahlili orqali Qoraxoniylar davrida ilm-fan va madaniyat rivojining o‘ziga xos xususiyatlari yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Qoraxoniylar, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Qutadg‘u bilig, Devonu lug‘otit-turk, ilm-fan, komil inson, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, adolat, ilm-ma’rifat, davlat boshqaruvi.

Jurnaldagi sahifalar: 571 - 577

Yuklab olish