Muallif: Nabijonov, Sirojiddin Abdumutalib o‘g‘li
Annotatsiya: XIX asrning ikkinchi yarmida mintaqada kechgan murakkab geosiyosiy vaziyat va Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati sababli boshqa xonliklarga nisbatan Qo‘qon xonligining tugatilishini o‘rganish bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmayapti. Ayniqsa, Qo‘qon xonligining tugatilishi arafasidagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyat hamda ushbu jarayonda Mulla Iso Avliyo va Abdurahmon Oftobachining tutgan o‘rniga aniqlik kiritish muhim аҳamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, bu tezisda Rossiya imperiyasining bosqinchilik siyosati kuchaygan davrda xonlik ichidagi siyosiy inqiroz, mahalliy kuchlarning qarshilik harakatlari va ularning strategik faoliyati asosida Mulla Iso Avliyo va Abdurahmon Oftobachilarning harbiy-siyosiy tashabbuslari hamda Qo‘qon xonligini saqlab qolish yo‘lidagi faoliyati tadqiq qilinadi. Natijada, Qo‘qon xonligining so‘nggi davridagi siyosiy jarayonlarda Mulla Iso Avliyo va Abdurahmon Oftobachining tutgan harbiy-siyosiy faoliyatini atroflicha tushunishga imkon yaratiladi.
Kalit so'zlar: Qo‘qon xonligi, Mulla Iso Avliyo, Abdurahmon Oftobachi, Rossiya imperiyasi, Turkiston general-gubernatorligi, harbiy strategiya, Nasriddinbek, bosqinchilik siyosati va boshqalar.
Jurnaldagi sahifalar: 372 - 378