Muallif: Fayzullayev, Azamat
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qatarning Fors ko‘rfazi mintaqasida yangi geosiyosiy kuchga aylanishi hamda uning tashqi siyosatida belgilangan ustuvor yo‘nalishlardan biri xalqaro vositachilik, nizolarni tinch yo‘l va kelishuvlar asosida hal etish siyosatining shakllanish tarixi tahlil etilgan. Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Tanining mahalliy va xalqaro miqyosda bergan bayonotlari, xalqaro kelishuvga erishish uchun amalga oshirgan ishlarining mavzuga doir qismlari o‘rganilgan. Maqolani yozishda ingliz va arab tillarida yozilgan maqola va ular joylangan internet manbalarining rasmiy adabiyotlaridan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: neft, amir Tamim bin Hamad, xalqaro huquq normalari, konsepsiya, kelishuv, sammit, agressiya, pozitsiya, rezolyutsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 331 - 337