Muallif: To‘xtasinova, Shaxnoza Ibroximovna
Annotatsiya: Parvez Musharraf 1999-yilda davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatga kelganidan so‘ng Pokiston siyosiy va ijtimoiy hayotida yangi burilish davri boshlandi. Uning siyosiy strategiyasi “ma’rifatli moderatsiya” konsepsiyasi bilan ifodalandi, bu esa ekstremizmga qarshi kurash, demokratik qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy modernizatsiyani rivojlantirishni nazarda tutgan siyosiy platforma sifatida shakllandi. Shu kontekstda ayollarga bo‘lgan munosabat va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy huquqlarini kengaytirish masalasi Musharraf siyosatining markaziy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Kalit so'zlar: Parvez Musharraf, Pokiston, siyosiy strategiya, “ma’rifatli moderatsiya” konsepsiyasi
Jurnaldagi sahifalar: 316 - 322