16.02.2026
3
OʻZBEKISTONDA GENDER TENGLIKNI TAʼMINLASHDA TAʼLIM TIZIMINING ROLI

Muallif: Obidovaб Ruxshona Vohid qizi; Xudaynazarov, Isobek

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash jarayonida ta’lim tizimining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot Barqaror rivojlanish maqsadlarining beshinchi yo‘nalishi (SDG 5) doirasida amalga oshirilayotgan ta’lim siyosati, huquqiy islohotlar hamda institutsional mexanizmlarni o‘rganishga qaratilgan. Maqolada umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida gender tenglik tamoyillarining joriy etilishi, ayollarning ta’limga bo‘lgan teng imkoniyatlari va ularning ijtimoiy faolligini oshirishdagi ta’limning roli yoritiladi. Shuningdek, ta’lim orqali gender stereotiplarini kamaytirish va jamiyatdagi qarashlarning hozirgi sharoitlar ta’sirida o‘zgarishi va shu kabi masalalar tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Gender tenglik, ta’lim tizimi, ayollar huquqlari, SDG 5, ta’lim siyosati.

Jurnaldagi sahifalar: 739 - 744

Yuklab olish