17.06.2025
81
O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUFNING 70 YILLIGIGA BAG‘ISHLANADI MUHAMMAD YUSUF - ISTIQLOL KUYCHISI

Muallif: Shabanov, Jumali

Annotatsiya: Men o‘zbek xalqining buyuk shoiri, istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf bilan 1975-yilning 31-iyul kuni Toshkent shahrining GUM savdo markazi yonidagi avtobuslar bekatida tanishganman. Qishloqdan kelib, o‘qishga hujjat topshirishning oxirgi kunida qayerga hujjat topshirishni bilmay, o‘ylanib turgan chog‘imda, baland bo‘yli, qoraroq, jingalak sochli yigitcha 35-sonli avtobusga minmoqchi bo‘lib turganida, uni ko‘rib qoldim. Bu avtobus qayerga borishini undan so‘radim. U menga avtobusning so‘nggi bekati Respublika davat rus tili va adabiyoti institutiga borishini aytdi. O‘zi ham u yerda 2-kursda o‘qishini, institut va ustozlari juda yaxshi ekanligini maqtab gapirdi. Men tavakkal qilib, u bilan institutga bordim va hujjat topshirdim. O‘sha yili institutga kirdim.

Kalit so'zlar: Muhammad Yusuf, Erkin Vohidov, Аbdulla Oripov, Gulchehra Jo‘raeva, Gulchehra Nurullaeva va Oydin Hojieva

Jurnaldagi sahifalar: 671 - 678

Yuklab olish