Muallif: Axmadov, Nozimjon F.
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi tarixiy, madaniy va diplomatik aloqalarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni yoritiladi. Qadimiy davrlardan boshlangan savdo va ilmiy-madaniy almashinuvlar, islom sivilizatsiyasi doirasidagi o‘zaro ta’sirlar hamda zamonaviy davrdagi rasmiy diplomatik munosabatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim, madaniyat va xalq diplomatiyasi sohalaridagi hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlovchi muhim omil sifatida ko‘rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, tarixiy aloqalar, madaniy integratsiya, ikki tomonlama diplomatiya
Jurnaldagi sahifalar: 323 - 330