Muallif: Qo‘chqarov, Elbek Abdivohid o‘g‘li; Husainova, Gulnoza Shuxratovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada azaldan rivojlanib kelgan tarixiy va madaniy aloqalar asosida o’zbek va fors xalqlari o’rtasidagi til va madaniyat uyg’unligi va bu ikki xalqning o’zaro munosabatlardagi muhim jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – lingvistik, madaniy va tarixiy omillarni hisobga olgan holda, ikki xalq o’rtasidagi mushtaraklik va keng qamrovli hamkorlikni aniqlashdir. Ushbu maqolada tarixiy manbalar, adabiy asarlar va linguokulturologik hamda boshqa yondashuvlardan foydalanib, fors tilining o’zbek tilidagi o’rni, madaniy merosdagi o’xshashliklar va shuningdek, zamonaviy davrdagi hamkorlik aloqalari ko’rib chiqiladi. Olingan natijalar shuni ko’rsatadiki, til va madaniyat uyg’unligi ikki xalqning tarixiy identitetini shakllantirishda va zamonaviy muloqot muhitini yo’lga qo’yishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari o’zbek va fors xalqlarining kelajakda ilmiy, madaniy, diplomatic hamkorlik doiralarini yanada kengaytirishda asos bo’lishi mumkin.
Kalit so'zlar: madaniyat, til, tarixiy aloqa, adabiy meros, muloqot, zamonaviy hamkorlik, madaniy diplomatiya.
Jurnaldagi sahifalar: 300 - 305