Muallif: Husainova, Gulnoza Shuhratovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada fors tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan ilmiy atamalarning leksik xususiyatlari va ularning ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Fors va o‘zbek tillari o‘rtasidagi lingvistik munosabatlar Buyuk Ipak yo‘li orqali yuzaga kelgan savdo va madaniy aloqalar natijasida shakllangan. Fors tili o‘rta asrlarda ilm-fan, adabiyot va madaniyat tili sifatida o‘zining yuqori mavqeiga ega bo‘lgani sababli, o‘zbek tiliga ko‘plab ilmiy atamalar kirib kelgan. Maqolada ushbu so‘zlarning etimologiyasi, semantik rivojlanishi va o‘zbek tilida qo‘llanilishi tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: O‘zbek leksikasi, forscha atamalar, ilmiy terminologiya, lingvistik ta’sir, etimologiya, fonetik moslashuv, semantik rivojlanish.
Jurnaldagi sahifalar: 113 - 117