Muallif: Xodjaliyev, Abdulxay Abduxodi o‘g‘li
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘rta Osiyo va unga tutash Xuroson hududida Arba’in (qirq hadis) yozish an’anasining shakllanishi va taraqqiyoti ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Unda Arba’in janrining hadis ilmi, tasavvufiy-ma’rifiy tafakkur hamda forsiy va turkiy adabiyot bilan uzviy bog‘liq holda rivojlangani yoritilgan. Shuningdek, Abu Abdurahmon as-Sulamiy, as-Sam’oniy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning ushbu an’anadagi o‘rni va hissasi ochib berilgan. Maqolada Arba’in janrining ilmiy, axloqiy, irfoniy va badiiy xususiyatlari tahlil qilinib, uning O‘rta Osiyo ilmiy-madaniy tarixidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
Kalit so'zlar: Arba’in, qirq hadis, O‘rta Osiyo, Xuroson, hadis ilmi, tasavvuf, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Chihil hadis, ma’rifiy adabiyot.
Jurnaldagi sahifalar: 375 - 378