Muallif: Ibragimova, Shaxzoda Dilshod qizi; Nig‘matova, Shohsanam Nabijon qizi
Annotatsiya: Ushbu tezis ishida oila psixologiyasi va gender tadqiqotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati hamda oilaviy munosabatlar tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — oilaviy rollarni shakllanishida gender stereotiplarining psixologik omillarini aniqlash va ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligini o‘rganishdir. Ishda empirik va nazariy usullar uyg‘un qo‘llanilib, turli yoshdagi oilaviy juftliklar hamda turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi psixologik iqlim, kommunikatsiya strategiyalari va gender rollarining ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari oila psixologiyasi sohasi mutaxassislari uchun muhim amaliy tavsiyalar berishga, shuningdek, gender tenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: oila muhiti, gender tushunchalari, gender rollari, ota-ona munosabatlari, psixologik iqlim, tarbiyaviy yondashuvlar.
Jurnaldagi sahifalar: 686 - 688