01.06.2026
36
MUHAMMAD RIZO OGAHIY IJODIDA KOMIL INSON KONSEPSIYASINING ANTROPOLOGIK-FALSAFIY TALQINI

Muallif: Ibragimov, Yodgorjon; Ikramova, I.R.

Annotatsiya: Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiy ijodida “komil inson” g‘oyasining antropologik va falsafiy talqini tahlil qilinadi. Ogahiy ijodi XIX asr o‘zbek mumtoz adabiyotining muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, unda inson kamoloti, axloqiy yetuklik, ma’naviy poklik va ijtimoiy mas’uliyat kabi tushunchalar markaziy o‘rin egallaydi. Maqolada Ogahiy asarlarida aks etgan inson tabiatining mohiyati, uning ruhiy-axloqiy takomillashuvi hamda jamiyat bilan o‘zaro munosabatlari antropologik nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, mutafakkir ijodida komil inson timsolining shakllanishida Sharq falsafiy tafakkuri, xususan tasavvufiy qarashlarning ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida komil inson konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uning badiiy ifodasi misollar orqali ochib beriladi. Natijada Ogahiy ijodida komil inson g‘oyasi nafaqat axloqiy ideal sifatida, balki insoniyatning ma’naviy kamolotga intilishining falsafiy modeli sifatida namoyon bo‘lishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.

Kalit so'zlar: Ogahiy, komil inson, antropologik talqin, falsafiy tafakkur, ma’naviy kamolot, axloqiy yetuklik, tasavvuf, mumtoz adabiyot, insonparvarlik.

Jurnaldagi sahifalar: 191 - 199

Yuklab olish