16.02.2026
3
MILLIY INTERNET SEGMENTI FOYDALANUVCHILARI TOMONIDAN AXBOROTNI ISTE’MOL QILISH STRATEGIYALARINING PSIXOLOGIK VA GENDER XUSUSIYATLARI: RAQAMLI MUHITDA AXBOROTNI ISTE'MOL QILISH MEXANIZMLARINING NAZARIY TAHLILI

Muallif: Ishankulov, Farxod Parmanovich

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston milliy internet segmenti foydalanuvchilarining axborotni qabul qilish, qayta ishlash strategiyalari psixologik va gender nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda evristik-tizimli model va konstruksiya darajasi nazariyasi asosida raqamli muhitdagi kognitiv mexanizmlar o‘rganilgan. 2021–2026-yillarga oid statistik ma’lumotlar asosida internetdan foydalanish dinamikasi, gender raqamli tafovuti va platformalararo afzalliklar yoritilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, axborot iste’moli matnga asoslangan formatdan audio-vizual formatga o‘tmoqda, shuningdek, hissiy omillar va smartfonga bog‘liqlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Maqola yakunida raqamli savodxonlikni oshirish va gender tengligini ta’minlash bo‘yicha strategik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: axborot iste’moli, psixologik xususiyatlar, gender tafovuti, raqamli savodxonlik, O‘zbekiston internet segmenti, kognitiv strategiyalar, smartfon bog‘liqligi.

Jurnaldagi sahifalar: 708 - 711

Yuklab olish