Muallif: Mamajonov, Rustam
Annotatsiya: Mazkur maqolada XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan Meiji modernizatsiyasi orqali Yaponiya tashqi siyosatining shakllanish jarayoni, uning bosqichlari va tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi Meiji inqilobidan keyingi amalga oshirilgan siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlarning tashqi siyosat strategiyasiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Maqolada modernizatsiya jarayoni nafaqat ichki islohotlarni, balki yangi tashqi siyosiy konsepsiyalarni ham shakllantirgani ko‘rsatib beriladi. Meiji hukumati tashqi siyosatning dastlabki bosqichida Yaponiya suverenitetini tiklash va G‘arb davlatlari bilan teng diplomatik maqomga erishishni asosiy maqsad qilib qo‘ygani edi. Shu nuqtai nazardan, Ivakura missiyasining tashkil etilishi xalqaro tizimni o‘rganish va zamonaviy diplomatiyani shakllantirishdagi muhim omil hisoblanadi. XIX asr oxiriga kelib Yaponiya tashqi siyosati mudofaa yo‘nalishidan faol ekspansion siyosatga o‘ta boshladi, ayniqsa birinchi Xitoy-Yapon urushi mamlakatning mintaqaviy kuch sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Shuningdek, Koreya va Rossiya bilan munosabatlarda ham ustunlikka erisha boshlagani tashqi siyosatdagi muvaffaqiyat sifatida baholanadi. Bundan tashqari, Yamagata Aritomoning “suverenitet chizig‘i” va “manfaatlar chizig‘i” konsepsiyalari tashqi siyosatning nazariy asosini mustahkamlagani yoritib beriladi.
Kalit so'zlar: Meiji modernizatsiyasi, Ivakura missiyasi, teng bo‘lmagan shartnomalar, Okubo Toshimichi, Saigo Takamori, Ito Hirobumi, Yamagata Aritomo, suverenitet chizig‘i, manfaatlar chizig‘i.
Jurnaldagi sahifalar: 352 - 364