Muallif: Sharofova, Diyora Shavkat qizi
Annotatsiya: XXI asrda Marokash davlati migratsiyasi Yevropa, Amerika hamda Markaziy Sharq davlatlariga rivojlangan. Biroq, marokashliklar migratsiyasi chuqur tarixiy ildizga ega hamda shakllanish bosqichi Fransiya tomonidan protektoratlik o‘rnatilgan davrga bog‘lanadi. Marokashliklar dastlab protektoratlik ilk yillarida ishchi migrant sifatida qisqa hamda mavsumiy ishlarga jalb etilgan. Lekin, keyingi yillarda madaniy tanishlik, til ustunligi, protektoratlik aloqalari hamda migratsiya zanjiri sababli marokash muhojirlari uzoq muddatga Fransiyada joylashishga urunishdi. Bunga Marokashdagi ishsizlik darajasining ortishi, demografik muammolar hamda markazlashgan boshqaruv tizimi ham asosiy omillar hisoblanadi. Fransiya o‘zida ishlab chiqarish rivojlanayotganligi va sanoat kengayyotganligi sababli migrant ishchilardan manfaatdor edi. Shu sababli, Fransiya migrant ishchilarga til, transport qulayliklari, infrotuzilmalar hamda ishga yollash agentliklari xizmatini taklif etdi. Marokash ishchilari Fransiyada qishloq xo‘jaligi sohalarida, konchilik, metallurgiya va ishlab chiqarish zavodlarida ishlagan. Marokash migratsiyasi ko‘lamida u Niderlandiya, Belgiya, Shvetsiya kabi davlatlari bilan shartnomalar imzolagach, sezilarli darajada o‘zgarish bo‘ldi.
Kalit so'zlar: protektoratlik, ishchi migrantlar, fransuz qadriyatlari, tadqiqotlar.
Jurnaldagi sahifalar: 338 - 345