Muallif: Akbarov, Azamat Adxamjonovich
Annotatsiya: Ushbu tezisda Koreya Respublikasida so‘nggi yillar davomida dolzarb ijtimoiy muammo bo‘lib kelayotgan maktab zo‘ravonligi mavzusining mamlakatda suratga olinayotgan kino va teleseriallarda qanday yoritilishi tahlil qilinib, uning jamiyat ongidagi psixologik transformatsiyaga ta’siri ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2000–2025 yillar oralig‘ida maktab zo‘ravonligi mavzusiga bag‘ishlangan jami 18 ta badiiy film va teleserial yaratilgan. Mazkur tadqiqot ushbu asarlarning tomoshabinlar ongida ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish, zo‘ravonlikning salbiy oqibatlarini anglatish hamda mazkur muammo bo‘yicha jamoatchilik ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Koreya Respublikasi, maktabdagi zo'ravonlik, psixologik o'zgarish, film, teleserial.
Jurnaldagi sahifalar: 674 - 679