Muallif: Xalimova, Marjona Sherali qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Mahmud Zamaxshariy ta‘limotida inson masalasining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Mutafakkirning tafsiriy, axloqiy va didaktik asarlari asosida insonning aqliy kamoloti, axloqiy mas‘uliyati, erkin irodasi hamda jamiyatdagi o‘rni masalalari yoritiladi. Zamaxshariyning ayniqsa “Al-Kashshof”, “Atvoq uz-zahab fi-l-mavo‘iz va-l-xutab” hamda “Navobig‘ ul-kalim” asarlarida insonning o‘z amali uchun javobgar ekani, adolat va ezgulik tamoyillariga amal qilishi zarurligi alohida ta‘kidlanadi. Maqolada Zamaxshariy qarashlarida inson faqat diniy buyruqlarning ijrochisi sifatida emas, balki aqlli, tanlov qiluvchi, axloqiy yetuklikka intiluvchi va ijtimoiy javobgar shaxs sifatida talqin etilishi ko‘rsatib beriladi. Shu jihatdan, inson masalasi Zamaxshariy falsafiy-axloqiy merosining markaziy yo‘nalishlaridan biri ekanligi asoslab beriladi.
Kalit so'zlar: Mahmud Zamaxshariy, inson masalasi, axloq, adolat, erkin iroda, aql, mas‘uliyat, Mu‘tazila, Al-Kashshof, Atvoq uz-zahab, Navobig‘ ul-kalim.
Jurnaldagi sahifalar: 352 - 357