Muallif: Mannonova, Feruzabonu Sherali qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ikki yozuvchining asarlaridagi ma`naviy- g`oyaviylik aspektlari va badiiy mahorat masalalarining umumiy xususiyati keng yoritiladi. Har ikki shoir ham insonning ichki va tashqi kurashlarini, uning ijtimoiy va psixologik holatlarini yoritishga intilgan. Shabistariy va Bleykning badiiy olamida nafaqat individual ruhiyat, balki jamiyatning psixologik holati ham ifodalanadi. Har ikki yozuvchi o‘z asarlarida, xususan, “Gulshani Roz” va “Ma`sumlik qo`shiqlari”da chuqur psixologik izlanishlar va insonning ichki dunyosidagi o‘zgarishlarni tasvirlaydi, bu esa ularning badiiy poetikasini yanada boyitadi va rang-baranglashtiradi.
Kalit so'zlar: so`fiylik ta`limoti, romantik adabiyot, badiiy obraz, g`oyaviylik, psixologik tahlil, insoniylik xislatlari, ichki dunyo.
Jurnaldagi sahifalar: 697 - 701