Muallif: Вахабов, Жамолиддин
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy Xitoy diplomatik diskursida 和 (hé) “uyg‘unlik” konseptining lingvomadaniy reprezentatsiyasi tahlil qilinadi. 和 konseptining an’anaviy semantik mazmuni hamda uning 和而不同 (hé ér bù tóng) — “farqlarni saqlagan holda uyg‘unlik” tamoyili bilan aloqasi ko‘rib chiqiladi. 2005–2024-yillarda XXR rahbarlari va Xitoy tashqi siyosat idoralari vakillarining rasmiy diplomatik nutqlari va matnlari asosida ushbu konseptni ifodalovchi asosiy lisoniy vositalar aniqlanadi. 和 konseptining an’anaviy semantik mazmunining zamonaviy diplomatik kommunikatsiya sharoitida qayta kontekstuallashuviga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, konsept farqlar mavjudligini tan olgan holda uyg‘unlikka erishish g‘oyasini saqlab qolishi va ayni paytda yangi semantik hamda pragmatik xususiyatlarga ega bo‘lishi aniqlandi. Zamonaviy Xitoy diplomatik diskursida 和 konseptining uyg‘unlashtiruvchi, inklyuziv, argumentativ va lingvomadaniy-identifikatsion funksiyalari belgilandi.
Kalit so'zlar: 和, uyg‘unlik, 和而不同, konsept, lingvomadaniyat, diplomatik diskurs, Xitoyning lisoniy olam manzarasi, madaniyatlararo kommunikatsiya.
Jurnaldagi sahifalar: 53 - 62