11.09.2026
12
KOREYS TILINI O‘QITISHDA MADANIY SHOK FENOMENINI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Muallif: Rojiboyev, I.G‘.

Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys tilini xorijiy til sifatida o‘qitish jarayonida talabalarda yuzaga keladigan madaniy shok fenomenining nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi madaniy to‘siqlarni bartaraf etish va talabalarning madaniyatlararo kompetensiyasini oshirish uchun samarali metodik tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Maqolada madaniy shok bosqichlari, koreys jamiyatining ijtimoiy iyerarxik tuzilishi va til o‘rgatishda lingvomadaniyatshunoslikning roli tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: madaniy shok; koreys tili; lingvomadaniyatshunoslik; madaniyatlararo muloqot; ijtimoiy iyerarxiya; adaptatsiya; metodika.

Jurnaldagi sahifalar: 71 - 75

Yuklab olish