Muallif: Muhamedov, Asror Asadovich; Turdiyeva, Iroda Maxmarajabovna
Annotatsiya: Jadid ma’rifatparvarlik harakati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida O‘rta Osiyo va Turkiston mintaqasida yuzaga kelgan ijtimoiy, siyosiy, madaniy va ilmiy yangilanishlar harakatidir. Bu harakatning asosiy maqsadi jamiyatni zamonaviylashtirish, ta’lim tizimini isloh qilish, yangi tafakkur shakllarini rivojlantirish va yangi ilm-fan asosidagi ma’rifatni keng targ‘ib qilish edi. Jadidlar o‘z faoliyatlari orqali ilmiy, pedagogik, siyosiy va madaniy islohotlarni amalga oshirganlar. Jadid harakatining nazariy-metodologik asoslarini tahlil qiladi. U jadidlarning ta’lim tizimida amalga oshirgan yangiliklari, pedagogik metodlarini zamonaviylashtirish, va jamiyatdagi o‘zgarishlarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Shuningdek, jadidlarning siyosiy g‘oyalari va ijtimoiy islohotlar amalga oshirishdagi roli, milliy mustaqillikka bo‘lgan intilishlari ham tahlil qilinadi. Jadid harakatining madaniy va gumanistik qarashlari, ilm-fan va ta’lim sohasidagi islohotlari bugungi kunda ham dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Kalit so'zlar: Jadid ma’rifatparvarlik harakati, ta’lim islohotlari, ilm-fan, pedagogik metodlar, ijtimoiy islohotlar, siyosiy g‘oyalar, zamonaviylashtirish, gumanizm, yangi tafakkur, O‘rta Osiyo, Turkiston, mustamlakachilik, milliy o‘zlik, zamonaviy ta’lim, madaniyat islohoti, yangilanish, ilmiy tahlil, erkin fikrlash, ta’lim tizimi, adolat, mustaqillik.
Jurnaldagi sahifalar: 797 - 803