14.02.2026
9
IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘SPIRINLARDA INDIVIDUAL-TIPOLOGIK XUSUSIYATLAR NAMOYON BO‘LISHINING GENDER JIHATLARI

Muallif: Avlayev, O.U.; Xaqberdiyeva, U.K.

Annotatsiya: Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘spirinlarda individual-tipologik xususiyatlarning gender kesimidagi namoyon bo‘lish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda rasmiy-dinamik xususiyatlar orqali o‘g‘il va qiz o‘spirinlarda moslashuvchanlik, emotsionallik, ijtimoiy faollik va o‘zini boshqarish ko‘rsatkichlaridagi farqlar aniqlangan. Natijalar imkoniyati cheklangan o‘spirinlarning psixologik rivojlanishida gender omilining muhim determinanta sifatida namoyon bo‘lishini hamda ijtimoiy tajriba, kommunikativ ehtiyoj va emotsional reaksiyadagi tafovutlar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Maqolada keltirilgan xulosalar ta’limiy hamda korreksion jarayonlarda genderga mos differensial yondashuvni qo‘llash zarurligini asoslaydi.

Kalit so'zlar: imkoniyati cheklangan o‘spirinlar; individual-tipologik xususiyatlar; gender tafovutlari; rasmiy-dinamik xususiyatlar; emotsional reaksiyalar; ijtimoiy moslashuv; differensial yondashuv.

Jurnaldagi sahifalar: 622 - 626

Yuklab olish