01.06.2026
45
IBN SINO VA IBN TUFAYL AXLOQIY QARASHLARINING KOMPARAVISTIK TAHLILI

Muallif: Rashidova, Xushnoza Nuraliyevna; Ikramova, I.R.

Annotatsiya: Sharq mutafakkirlari orasida buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy merosi axloq, ruhiyat va ma’naviyatni chuqur tadqiq qilishi bilan alohida ajralib turadi. U nafaqat tabobat, balki falsafa, mantiq, metafizika, siyosat va axloqiy ta’limot sohalarida ham yirik nazariy qarashlar yaratgan. Ibn Sinoning axloqiy-falsafiy konsepsiyasi insonning ruhiy olami, aqlning tabiatdagi o‘rni hamda inson hayotidagi falokat va baxtsizliklarning sabablarini izohlashga qaratilgandir. Demak, insonning axloqiy rivoji – ruhiy tarbiya va o‘zini-o‘zi nazorat qilish orqali amalga oshadi. Ibn Sino ta’limotida ruh – insonning eng asosiy mohiyati, hayot va ong manbai sifatida talqin etiladi. U tanadan mustaqil, ammo unga bog‘liq, nabotiy, hayvoniy va aqliy darajalarda namoyon bo‘luvchi va aql bilan birgalikda insonni ilm, axloq va ma’naviy yuksaklikka olib chiquvchi substansiya sifatida izohlanadi. Shunday qilib, Ibn Sino ruh haqidagi qarashlari nafaqat Sharq falsafasi, balki G‘arb falsafasiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan va bugungi kunda ham falsafiy, psixologik hamda diniy tadqiqotlarda dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kalit so'zlar: Abu Ali Ibn Sino, Axloqiy tanlov, Aqlning to‘rt bosqichli nazariyasi

Jurnaldagi sahifalar: 184 - 190

Yuklab olish