07.06.2026
20
IBN ARABIY INTELLEKTUAL MEROSIDA BILISHNING ESTETIK PARAMETRLARI (KO‘RSATKICHLARI)

Muallif: Mamadaliyev, Akbarjon Abdurahmon o‘g‘li; Izzetova, E.M.

Annotatsiya: Maqolada Ibn Arabiy intellektual merosida bilishning estetik tabiati falsafiy-germenevtik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot muammosi shundan iboratki, Ibn Arabiy merosi ko‘pincha vahdat al-vujud, irfon, xayol yoki valoyat kabi mavzular doirasida o‘rganilgan bo‘lsa-da, bilishning estetik mexanizmi alohida konseptual tizim sifatida yetarlicha ajratilmagan. Maqolaning maqsadi jamol, ishq, taxayyul, qalb va tajalliy tushunchalari orqali Ibn Arabiy epistemologiyasining estetik qatlamini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-falsafiy tahlil, germenevtik o‘qish, konseptual rekonstruksiya va komparativ elementlardan foydalanildi. Natijada Ibn Arabiyda bilish faqat aqliy deduksiya yoki nazariy fikrlash bilan cheklanmasligi, balki go‘zallikni idrok etish, muhabbat orqali ishtirok etish va xayolning barzaxiy maydonida ma’noni qabul qilish jarayoni ekani asoslandi. Maqola bilishning estetik talqinini Ibn Arabiy ta’limotida mustaqil epistemologik yo‘nalish sifatida tizimlashtirishi bilan ilmiy yangilikka ega.

Kalit so'zlar: Ibn Arabiy, bilish, estetika, tasavvuf, irfon, ishq, jamol, taxayyul, tajalliy, germenevtika.

Jurnaldagi sahifalar: 293 - 298

Yuklab olish