04.12.2022
263
HINDIYDAN O‘ZBEKCHAGA NASRIY TARJIMADA EKVIVALENT KOMMUNIKATSIYANING MAQSADINI IFODALASH DARAJASI

Muallif: Fatxutdinova, Iroda Atxamovna

Annotatsiya: Tarjimashunoslikda ekvivalentlik masalasiga doir mavzular, ekvivalentlikning yuzaga kelishida darajalarning o‘rni, qo‘llash uslubi masalasi dolzarb muammolardan sanaladi. Maqsad: ekvivalentlik masalasida ko‘tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o‘rtasida ekvivalentlikning ma’noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir. O‘zbek tarjimashunosligida badiiy matn tarjimasi ekvivalentlik darajalari ilk marotaba o‘rganib chiqish tadqiqotning ilmiy yangiligini belgilaydi. Tadqiqot materiallaridan “Tarjimashunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”, “Madaniyatlararo muloqot” fanlarni o‘qitishda foydalanish mumkin. Mazkur maqolada ekvivalentlik masalasida ko‘tarilgan muammoni aniqlash, ekvivalentlik darajalarining ahamiyatini belgilash, asliyat va tarjima matni o‘rtasida ekvivalentlikning ma’noviy yaqinligini qiyoslashdan iboratdir.

Kalit so'zlar: Ekvivalentlik, referentsiya, kommunikatsiya, denotativ, ekspressiv, konnotativ, signifikativ, pragmatik leksik-semantik.

Jurnaldagi sahifalar: 323 - 329

Yuklab olish