04.12.2022
270
HINDIY TILIGA XOS BADIIY MATNLARDAGI AFFIKSATSIYA USULIDA YASALGAN LEKSEMALARNING SINTAGMATIK TAHLILI

Muallif: Ismatullayeva, Mo‘tabar Xushvaqt qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolani yozishda Krishan Chandarning “Sitaron se age” nomli asari tanlab olinib, unda uchragan affiksal so’z yasalishiga doir so’zlar tahlil qilindi. Biz asardan aniqlangan affiksatsiya usulida yasalgan so’zlarni ikki bosqichda tahlil qildik. Birinchi bosqichda barcha misollarni hindiy tilidagi zamon kategoriyalariga asoslanib sintagmatik tahlil qildik. Ikkinchi bosqichda mazkur matnda uchragan affiksal so‘z yasalishi doirasidagi misollar tahlil jarayonida atributiv birikma, predikativ birikma va obyektiv birikma kabi so‘z birikmalar aniqlandi. Bu birikmalar asosida olib borilgan tahlil natijasida affiksal so’z yasalishiga oid so’zlarning aksariyat qismi atributiv birikmaga xos eng mahsuldor qolip deb topildi.

Kalit so'zlar: affiksal so’z yasalishi, zamon kategoriyasi, sintagmatik tahlil, atributiv birikma, predikativ birikma, obyektiv birikma.

Jurnaldagi sahifalar: 71 - 78

Yuklab olish